Вход   |  Регистрация
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта



Apple smartfonlar savdosi bo‘yicha Samsung’dan o‘zib ketdi

Автор: Haker_9779

Gartner tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilning to‘rtinchi choragida Apple Samsung’ni smartfonlar savdosi bo‘yicha ortda qoldirdi, deb yozadi “Kommersant”. Bu so‘nggi ikki yil ichida birinchi marta Janubiy Koreya kompaniyasi savdosi tushib ketishi fonida kuzatildi.

 

Shu bilan birga, ikki yetakchi kompaniya o‘rtasidagi farq hali hech qachon bunchalik kichik bo‘lmagan edi. Apple o‘tgan chorakda 77 milliondan oshiq smartfon sotdi, uning ushbu bozordagi ulushi 17,9 foizni tashkil etdi. Samsung esa 77 milliontadan sal kamroq smartfon sotib, bozorda 17,8 foiz ulushga ega bo‘ldi. Oradagi farq atigi 256 mingta smartfonni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, 2015-yilning to‘rtinchi choragida Samsung Apple’dan 12 millionta smartfonga o‘zib ketgan edi.

“Samsung kompaniyasining smartfonlar savdosi ketma-ket ikki chorakdan buyon tushib bormoqda, — deya Gartner kompaniyasining tadqiqotlar bo‘yicha direktori Anshul Gupta natijalarni izohladi. — 2016-yilning to‘rtinchi choragida Samsung smartfonlari savdosi 8 foizga tushib ketdi, uning bozordagi ulushi esa o‘tgan yil ichida 2,9 foizga kamaydi”.

Samsung savdosiga Galaxy Note 7 flagman modelining to‘satdan yonib ketish bilan bog‘liq holatlardan so‘ng savdodan olinishi katta zarba bo‘ldi.

 

Manba:Daryo





Поделитесь с друзьями:
Просмотров: 1 357   
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.