Вход   |  Регистрация
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта



Leo Bokeriya: Islom Karimovni asrab qolishning imkoni yo‘q edi

Автор: eLBekjooon
Bakulev nomli yurak-qontomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.



Leo Bokeriya: Islom Karimovni asrab qolishning imkoni yo‘q edi

 


— Bu buyuk inson bilan shaxsan tanishlik baxtiga muyassar bo‘lganman. 2004-yilda Prezidentning mehmoni sifatida qabul qilindim. Do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuvda Islom Karimov mamlakat oldida turgan vazifalar va rivojlanish istiqbollari haqida gapirgandi.

Kelgusi uchrashuvimiz Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Toshkentda o‘tkazgan perinatal davrdagi o‘lim holatlarini oldini olishga bag‘ishlangan forumga to‘g‘ri keldi. O‘zbekistonning do‘stlari baxtiga, mamlakatda bu boradagi vaziyat sobiq Ittifoqning ko‘plab respublikalariga qaraganda yaxshiroq bo‘lib chiqdi.

O‘tgan yili esa menga to‘satdan qo‘ng‘iroq qilib, Islom Karimov bilan yuz bergan holat haqida xabar berildi. Toshkentga uchib kelganimda hech narsaning iloji qolmagandi. Vaziyat aslida boshidan shunday bo‘lgan bo‘lsa kerak. Bu to‘satdan ro‘y bergan va qanday yakun topishi ma’lum dard edi.



Manba: Daryo.uz




Поделитесь с друзьями:
Просмотров: 568   
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.