Вход   |  Регистрация
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта



Hillari Klinton saylovga bir kun qolganida Donald Trampdan 4 foizga o‘zib ketdi

Автор: Haker_9779

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton saylovga bir kun qolganida raqibi, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni 4 foizga ortda qoldirmoqda. Bunday natijalar Fox News telekanali tomonidan jamoat fikri borasida o‘tkazilgan so‘rovnomadan so‘ng kelib chiqdi, deb xabar bermoqda“Interfaks”.

 

So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 48 foizi Klintonni, 44 foizi Trampni qo‘llab-quvvatladi. Libertarianlar partiyasidan nomzod Geri Jonson 3 foiz, Yashillar partiyasi nomzodi Jill Stayn 2 foiz ovoz to‘pladi.

Fox News ma’lumotlariga ko‘ra, Hillari Klintonni asosan ayollar, afroamerikaliklar va ispan tilida so‘zlovchilar hamda 30 yoshdan kichik bo‘lganlar qo‘llab-quvvatlmoqda.

Donald Tramp ko‘proq erkaklar va oq tanlilar, xristianlar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan amerikaliklar orasida ishonchga ega bo‘lmoqda.

 

Manba:Daryo





Поделитесь с друзьями:
Просмотров: 2 186   
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.