Вход   |  Регистрация
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта



Rayhonning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov nikoh marosimi imi-jimida o‘tishiga umid qilgandi

Автор: HacKeR_763

 

“Darakchi.uz” xonanda Rayhon bilan oila qurgan boshlovchi Farhod Alimovning “19.09” ko‘rsatuviga bergan intervyusini chop etdi. Unda Alimov o‘zi haqidagi gap-so‘zlardan charchagani haqida aytgan. Ko‘rsatuv avvalida esa boshlovchidan shaxsiy hayotiga oid savollar bermaslikni so‘ragan.

“To‘g‘risini aytsam, ijtimoiy tarmoqlardagi mantiqsiz muhokamalardan charchadim. Eng asosiysi — biz baxtlimiz. Boshqa narsani muhokama qilishni istamayman. Sevishni biladigan har bir inson baxtli bo‘lsin”, — dedi Alimov.

“Rayhonga yanada mashhurroq bo‘lish uchun uylandi, deyishdi. Aslida men 2008-yildan buyon kliplarda suratga tushaman. Shuning uchun shaxsiy hayotim bilan o‘zimga piar qilishni istamayman, men shunchaki baxtli bo‘lishni istayman. Baxtli bo‘lishga esa hammaning haqqi bor!”

“Ochig‘ini aytsam, nikoh marosimi imi-jimida o‘tadi, deb o‘ylagandim. Biroq, bunday bo‘lmadi, u haqda hamma gapirdi. Biz uni hammaga e’lon qilmadik. Nikoh oshiga yaqin do‘stlarimizni taklif etdik. Ular bizga baxt tiladi. Ba’zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shtirnoq ichida ‘baxt’ tilaganlar ham bo‘ldi”.

Ma’lum bo‘lishicha, Farhod Alimov avvaliga iqtisodchi bo‘lgan, keyin esa o‘z kasbini almashtirgan.

“Men 1998 yilda Toshkent davlat agrar universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlaganman. O‘z sohamda bankning kredit bo‘limida roppa-rosa bir yil ishladim. Shundan so‘ng bu soha men uchun emasligini anglab yetdim va kasbimni o‘zgartirdim. Raqamlarni yoqtirmayman, menga musiqa, shou-biznes olami yoqadi”.

Suhbat davomida o‘zining birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan Farhod Alimov ikki inson o‘rtasida muhabbat bo‘lishi kerakligi haqida aytdi:

“Oila mustahkam bo‘lishi to‘yning qanday o‘tishiga bog‘liqmas. Dabdabali to‘y baxt garovi emas. Turmush qurishdan avval siz bir-biringizni sevishingizni aniqlab olishingiz kerak. Shundan so‘nggina to‘yga taraddud ko‘rish mumkin. Ba’zan hayotda shunday bo‘ladiki, shoshilinchda turmush qurishadi, to‘y qilishadi. Oradan bir yil o‘tgach esa, bir-biriga to‘g‘ri kelmasligini tushunib yetadi. Shuncha tayyorgarlik, tashvishlar nimaga kerak edi? Shuning uchun hammasi ikki insonning o‘ziga bog‘liq. Men ikki inson o‘rtasida muhabbat bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”.

 

Manba:Daryo





Поделитесь с друзьями:
Просмотров: 8 254   
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.