Вход   |  Регистрация
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта



Android operatsion tizimining yangi versiyasida bizni nimalar kutmoqda?

Автор: SMART AB
TJournal Google’ning yangi Android N operatsion tizimi haqida paydo bo‘lgan ma’lumotlarning barchasini jamlab, taqdim etdi.
 
 

Google Android’ning yangi bosh versiyasini 18—20-may kunlari Google bosh qarorgohi joylashgan Mauntin-Vyuda bo‘lib o‘tadigan Google I/O an’anaviy tadbirida namoyish etadi.

Android ishlab chiquvchilaridan biri ma’lum qilishicha, operatsion tizimning planshetlar uchun mo‘ljallangan versiyasi smartfonlarnikidan farq qilishi kutilmoqda. Bunda gap ko‘p oynali rejim yoki katta ekranni bir qo‘lda boshqarish haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.

Google Android’ning har bir versiyasini alifbo tartibida nomlaydi va u albatta qandaydir shirinlikni bildirishi kerak. Foydalanuvchilar bu galgi versiya Nutella (Android 7.0 Nutella) yoki Nouga deb atalishini taxmin qilmoqda.

Google muxlislari Chrome OS va Android birlashtirilishini kutmoqda. Kompaniyaning o‘zi ham har ikkala operatsion tizimdagi eng yaxshi jihatlarni uyg‘unlashtirish yo‘llarini qidirayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Yana bir aniqlashtirilmagan punkt — yangi Android’da stilusdan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkinligi. Bularning barchasi esa faqat may oyida aniq bo‘ladi.

Manba:Daryo




Поделитесь с друзьями:
Просмотров: 2 661   
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.