Вход   |  Регистрация
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта



Gooligan virusi milliondan ortiq smartfonga zarar yetkazishga ulgurdi

Автор: HacKeR_763

 

Check Point kompaniyasi mutaxassislari hozirgacha milliondan ortiq Android qurilmalariga zarar yetkazishga ulgurgan yangi virusni aniqladi. Gooligan deb nom olgan virus har kuni o‘rtacha 13 ming gadjetga hujum qilmoqda, deya xabar beradi“Korrespondent.net”.

Virus foydalanuvchilar yuklab oladigan dasturlar ko‘rinishida tarqalmoqda. Smartfonga tushganidan so‘ng u Android’ning 4 va 5-versiyalaridagi Linux yadrosining tashqi ta’sirlarga zaifligidan foydalanmoqda va gadjet ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritmoqda.

Ekspertlar virus Google avtorizatsiyasi ma’lumotlarini egallab olishini taxmin qilmoqda, bu tufayli u Gmail pochtasini ham zararlashi ehtimoldan xoli emas. Smartfonni virusdan faqat tizimni to‘liq qayta o‘rnatgandan keyingina xalos qilish mumkin.

 

Manba:Daryo





Поделитесь с друзьями:
Просмотров: 1 532   
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.