Вход   |  Регистрация
Качественные бесплатные шаблоны dle скачать с сайта



TARIF ULTRA / ТАРИФ ULTRA

Автор: DODA
Tarif Ultra

 «UMS» tarmog‘i ichida bepul qo‘ng‘iroqlar; 
 boshqa mobil operatorlar va shahar telefon raqamlariga chiqish uchun 2000 daqiqa; 
 2000 MB internet-trafik; 
 2000 SMS; 
 kiruvchi qo‘ng‘iroqlar — 0 $; 
 kiruvchi SMS va MMSlar — 0 $; 
 obuna to‘lovi oyiga 25 $.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 1 daqiqa AQSh dollarida
$ 0,00 UMS abonentlariga
$ 0,02** Boshqa uyali aloqa operatorlarining abonentlariga
$ 0,02** Shahar telefonlariga
O’zbekiston bo’yicha SMS 1 xabar AQSh dollarida
$ 0,00 kiruvchi SMS-xabarlar
$ 0,02 UMS tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar
$ 0,02 Boshqa operatorlarning mobil tarmog‘idagi abonentlarga chiquvchi SMS-xabarlar
$ 0,15 chiquvchi xalqaro SMS-xabarlar
 
Internet 1 Mb trafik AQSh dollarida
$ 0,10 Oyiga 2000 MBdan ko‘p sarflangan 1 MB internet-trafik
 
Majburiy to’lovlar
25$/oyiga,obuna to‘lovi (har oyning 1-kunida olinadi)
«Ultra» tarif rejasiga o‘tish:
USSD – *171*103*010700012#
Foydali buyruqlar:
*100# – balansni, tarif rejasini va oylik to‘lov doirasidagi to‘plamlar qoldig‘ini bilish;
*171*018# – SMS-to‘plam ulangan bo‘lsa, trafik qoldig‘ini bilish;
*102# – Internet-to‘plam ulangan bo‘lsa, trafik qoldig‘ini bilish.
Shartlar:
 Ulanish narxi – 0$
 Ulanish bepul va boshlang‘ich komplekt narxi atigi 5000 so‘mni tashkil qiladi. Bu mablag‘ning hammasi balansingizga tushiriladi!
 Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda AQSh dollarida ko‘rsatilgan;
 «Ultra» tarif rejasiga o‘tish narxi — 0$;
 Narxlash ishlari daqiqalar bo‘yicha olib boriladi;
 Mazkur tarif rejasi bo‘yicha obuna to‘lovi har oyning birinchi kunida, balans ijobiy bo‘lgan taqdirda yechib olinadi;
 Kalendar oyning istalgan kuni abonent hisobvaraqni to‘ldirib, faol holatga o‘tganda soat 00:00dan 03:00gacha bo‘lgan davrda tarif bo‘yicha obuna to‘lovi olinib, daqiqalar, SMSlar va megabaytlar beriladi;
 Yangi ulanish yoki ushbu tarif rejasiga o‘tish vaqtida mazkur tarif rejasi doirasidagi daqiqalar, SMSlar va megabaytlar kalendar oyda qolgan kunlar soniga mutanosib ravishda beriladi;
 Mazkur tarif rejasi bo‘yicha obuna to‘lovi, agar "To‘liq ishonamiz” xizmati faollashtirilmagan va balans ijobiy bo‘lsa, har oyning birinchi kuni yechib olinadi.
 Tarif rejasi almashganda mazkur tarif rejasining shartlariga muvofiq berilgan daqiqalar, SMSlar va megabaytlar kuyib ketadi;
 So‘zlashuv davomiyligi kattalashish tomoniga yaxlitlanadi;
hisob-kitoblar to‘lov kunidagi O‘zmarkazbank kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi;
 UMS abonentlari bilan videoqo‘ng‘iroq vositasida aloqa bog‘lash mumkin. Boshqa uyali aloqa operatorlarining abonentlari bilan videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lanish imkoni bor-yo‘qligi shu operatorlarning o‘zidan aniqlanishi kerak;
 2000 daqiqa, 2000ta SMS va 2000 MB hajmidagi to‘plamlar (tarif rejasidagi obuna to‘lovi doirasida) 1 kalendar oy muddatga beriladi;
 Tarifga kiritilgan daqiqalar, SMSlar to‘plamlari va internet-to‘plam keyingi oyga o‘tmaydi;
 Balans nolga tenglashsa yoki salbiy bo‘lib qolsa, "Aloqadaman” xizmati faollashadi va natijada abonent kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarni qabul qila oladi;
 *Xalqaro SMS-xabarlar bu yerda ko‘rsatilgan xorijiy aloqa operatorlarining abonentlariga kafolatli yetkazilmoqda.




Поделитесь с друзьями:
Просмотров: 1 176   
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.